Turkmanistonda rasman paxta terimi mavsumi boshlandi

Turkmanistonda rasman paxta terimi mavsumi boshlandi

11 sentyabr kuni Turkmanistonning Axal, Bolqon, Lebap va Mari viloyatlarida rasman paxta terimi mavsumi boshlandi. Dashoguz viloyatida esa hosilni yig‘ish ishlari 18 sentyabrdan boshlanadi, deb xabar berdi «Xroniki Turkmanistana».

Mamlakat 1 million 50 ming tonna paxta terishi kerak: Axal viloyati — 207 ming tonna, Bolqon — 5 ming tonna, Dashoguz — 230 ming tonna, Lebap — 295 ming tonna, Mari viloyati — 313 ming tonna.

Paxta terish mavsumining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim doirasida qishloq xo‘jaligi texnikalari, agro va tekstil sanoat mahsulotlari, qo‘shiqchi va musiqachilarning chiqishlari namoyish etildi.

Paxta terish aslida, bir necha hafta oldin boshlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat terimchilariga Axal viloyatiga hosilni birinchi topshirishda yordam ko‘rsatish topshirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatning boshqa viloyatlarida istiqomat qiluvchi har bir oila o‘z hisobidan bir oy muddatga voyaga yetgan oila vakilini paxta terimiga yuborishi lozim. 8 sentyabr kuni Axal viloyatida 1,5 mingga yaqin muddatli harbiy xizmatchi paxta terimiga yuborilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!