Turkmanistonda “koronavirus” so‘zini ishlatish taqiqlandi

Turkmanistonda “koronavirus” so‘zini ishlatish taqiqlandi

Turkmanistonda "koronavirus" so‘zini ishlatish taqiqlandi, deb xabar berdi zakon.kz.

"Reporters Without Borders" tashkilotining veb-saytida ta’kidlanishicha, mamlakatda qarama-qarshi choralar ko‘rilmoqda: rasmiy idoralar mamlakatda virusni yuqtirganlar borligini inkor qilishmoqda, ammo vaqti-vaqti bilan ayrim shaharlarda fuqarolarning harakatlanishini cheklab, sport tadbirlarini bekor qilib, fitness-klublarni yopishmoqda, lekin shu bilan birga, ommaviy ravishda tantanali tadbirlar o‘tkazishmoqda, teatrlarning faoliyatlari ham ilgarigidek davom etmoqda.

Shuningdek, aytilishicha, ma’lumotlarning rad etilishi nafaqat Turkmaniston fuqarolariga katta xavf tug‘diradi, balki prezident Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan avtoritarizmni kuchaytiradi.

“Biz xalqaro hamjamiyatni muntazam ravishda inson huquqlarining buzilishini javobgarlikka tortishga chaqiramiz”, deya xabar berdi huquq himoyachilari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!