Turkmanistonda barcha diniy muassasalar yopildi

Turkmanistonda barcha diniy muassasalar yopildi

Turkmanistonda rasmiylarning qaroriga binoan barcha diniy muassasalar vaqtincha yopildi. Bu haqda RIA Novosti mamlakatning Din ishlari bo‘yicha kengashidagi manbaga tayanib xabar berdi.

Kengash vakilining so‘zlariga ko‘ra, "yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun masjidlar, cherkovlar va ziyorat qilinadigan muqaddas joylar yopiq". U diniy muassasalar qachongacha ishlamasligini aniq aytmagan. Agentlik suhbatdoshining qo‘shimcha qilishicha, hozirgacha masjid minoralarida namozga bo‘lgan chaqiriqlar eshitilmoqda, ammo hozir ular faqat namoz vaqti haqida eslatma sifatida xizmat qilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining missiyasi 6 iyul kuni Turkmanistonga kelganidan so‘ng, mamlakat hukumati bir qator sanitariya cheklovlarini qo‘ydi - mintaqalar orasidagi poyezdlar va avtobuslar to‘xtatildi, niqob rejimi joriy etildi va bir qator yirik savdo markazlari va bozorlar yopildi.

JSST ekspertlari missiya tashrifi natijalariga bag‘ishlangan brifingda mamlakatda COVID-19 infeksiyasi mavjudligini tasdiqlamadi va Turkmanistonning ushbu infeksiyaga qarshi kurashishga tayyorligini ijobiy baholadi. Xususan, ular Turkmaniston shifoxonalarining infratuzilmasi va jihozlarini maqtab, ularda yetarli bo‘sh joylar mavjudligini qayd etishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!