Turkiyadagi restoranda ofisiant-robotlar xizmat qilmoqda

Turkiyadagi restoranda ofisiant-robotlar xizmat qilmoqda

Istanbulning Atakyoy tumanidagi restoranlaridan birida mijozlarga ofisiant-robotlar xizmat qilmoqda. Bu haqda restoran direktori Myujaxit Kushman ma’lum qildi.

“Birinchi marta robotlarni ishga tushirish haqida taklifni mijozlarimiz biri - professor taklif qildi. Buni biz amalga oshirdik. Robotlarni o‘z brendimiz asosida va mualliflik huquqini rasmiylashtirdik. Hozir bizda uchta robot bor. Ularni xorijda buyurtma qildik, turkiyalik muhandislar esa ularni dasturlashdi”, - deydi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, robotlar restoranga ko‘plab mijozlarni jalb qilmoqda.

Robotlar kerakli stolga borish va gaplashishni biladi. Texnologiyalar rivojlanishi bilan kelajakda ofisiant kasbiga talab keskin kamayadi.

Avgust oyida Istanbul aeroportida robot-maslahatchilar tajriba tarzida ish boshlagan edi.

Robotlar yo‘lovchilarga aeroportda yordam berish uchun mo‘ljallangan, ular chiptadan matnni o‘qish, parvoz ma’lumotlari haqida savollarga turk va ingliz tillarida javob berishlari mumkin.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!