Turkiyada ham COVID-19 vaksinasini insonlarda sinash jarayoni boshlandi

Turkiyada ham COVID-19 vaksinasini insonlarda sinash jarayoni boshlandi

Turk olimlari koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda klinik sinovlardan o‘tkazish uchun ruxsat olishdi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi, deya xabar berdi “Anadolu” agentligi.

"Turkiya AQSh va Xitoy bilan bir qatorda, koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqayotgan uch davlatdan biri bo‘ldi. Ikkita vaksinamiz hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi, ulardan biri odamlarda klinik tadqiqotlar o‘tkazish uchun ruxsat oldi", deydi Turkiya rahbari.

29 iyul kuni Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri mamlakat Faxriddin Koja koronavirusga qarshi vaksinani yaratish bo‘yicha Rossiya va Xitoy bilan aloqada ekanligini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!