Turkiya Shvesiya va Finlandiyaning NATOga kirishi bo‘yicha muzokaralarni bloklab qo‘ydi

Turkiya Shvesiya va Finlandiyaning NATOga kirishi bo‘yicha muzokaralarni bloklab qo‘ydi

Turkiya Shvesiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun bergan arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha muzokaralarni bloklab qo‘ydi, deb xabar berdi Financial Times o‘z manbalariga tayanib.

NATO mamlakatlari muhokamani Finlandiya va Shvesiya ariza bergan 18 may kuniyoq boshlashni rejalashtirgandi. Bu esa avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg taxmin qilganidek bu mamlakatlar arizalari bir-ikki hafta ichida ma’qullanishi ehtimolini yo‘qqa chiqaradi, deb yozadi FT.

Nashrning qayd etishicha, endi AQSH, Turkiya, Finlandiya va Shvesiya diplomatlarini bir necha kunlik keskin munozaralar kutmoqda.

Turkiya rasmiy vakili Anqara jarayonni to‘xtatgani, ammo Turkiya Shvesiya va Finlandiyaning NATOga kirish imkoniyatini istisno qilmasligini aytdi.

«Biz ular NATOga a’zo bo‘la olmaydi demayapmiz. Faqat biz to‘qnash kelayotgan tahdidga nisbatan bir to‘lqinda bo‘lishimiz lozim», — dedi u.

Avvalroq Turkiya hukumati Shvesiya va Finlandiya NATOga a’zo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatmaslik uchun o‘z talablari aks etgan ro‘yxatni tuzgani haqida xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!