Isroilga boykot sabab Yulduz Usmonovaning Nyu-Yorkdagi konserti bekor qilindi

Isroilga boykot sabab Yulduz Usmonovaning Nyu-Yorkdagi konserti bekor qilindi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning AQShning Nyu-York shtatida 14 sentyabr kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan an’anaviy konserti Amerikadagi yahudiy diasporasining noroziligi ortidan bekor qilindi. Bu haqda AQShdagi o‘zbek jurnalisti San’at Sharipov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yulduz Usmonovaning «Besh yulduz Entertainment» MCHJ tomonidan tashkillashtirilgan Nyu-Yorkdagi konserti 14 sentyabrga belgilangan edi.

Lekin uning yaqinda Isroilni qoralab qilgan chiqishi va yahudiy mahsulotlarini boykot qilishga chaqirishi Buxoro yahudiylarining noroziligiga sabab bo‘lib, ularning sa’y-harakatlari bilan konsert bekor qilingan. The Oceana Theater saytida sotuvga chiqarilgan chiptalar o‘chirilgan.

Isroilga boykot sabab Yulduz Usmonovaning Nyu-Yorkdagi konserti bekor qilindi

«Yulduz Usmonovaning Nyu-Yorkdagi konserti 14 sentyabrga belgilangan edi. Lekin uning yaqinda Isroilni qoralab qilgan chiqishi, Buxoro yahudlarining noroziligiga sabab bo‘lib, ularning sa’y-harakatlari bilan konsert bekor qilindi. Endi faqat 1 ta konsert, u ham bo‘lsa, Ogayoda bo‘ladi», deydi Sharipov.

Endilikda faqat 1 ta konsert, u ham bo‘lsa, o‘zbek diasporasi uncha ko‘p bo‘lmagan Ogayo shtatidagi Sinsinnati shahrida bo‘ladi. 2009 yildan beri Star Entertainment tashkiloti ko‘magida Nyu-Yorkda konsert o‘tkazib kelgan Usmonovaning o‘zi tadbir bekor qilinganini tasdiqlagan bo‘lsa-da, buning sababini ochiqlashni istamagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!