Rossiya Tashqi ishlar vazirligi: Yevropa Rossiyadan gaz sotib olishni yashirincha oshirmoqda

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi: Yevropa Rossiyadan gaz sotib olishni yashirincha oshirmoqda

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy «Izvestiya»ga bergan intervyusida G‘arb davlatlari «parda ortidan» Rossiyadan gaz sotib olishda davom etishini aytdi .

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari ichki energiya resurslari uchun amalda yopiqligicha qolmoqda.

«Garchi oxirgi oylarda biz teskari tendensiyani ko‘rdik, buning ortidan suyultirilgan va ko‘proq Rossiya gazi sotib olinmoqda», dedi Birichevskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Federasiyasi hozirda uglevodorodlarga talab yuqori bo‘lgan boshqa bozorlarni, jumladan, Xitoy va Hindistonni qamrab olishga harakat qilmoqda .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!