Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida 5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Turkiyaning janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish boshqarmasi (AFAD) ma’lum qilishicha, 5 magnitudali silkinish mahalliy vaqt bilan soat 09:31 da sodir bo‘lgan.
Zilzila manbasi Evri shahri yaqinida, taxminan, 7 kilometr chuqurlikda va 1,5 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan Gaziantep shahridan 50 km uzoqlikda joylashgan.
Boshqarmaning qayd etishicha, tabiiy ofatning salbiy oqibatlari hozircha qayd etilmagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)