Ukraina armiyasi gaubisalar bilan quvvatlantiriladi

Ukraina armiyasi gaubisalar bilan quvvatlantiriladi

Germaniya Ukrainaga yana 12 ta gaubisa etkazib beradi.

Berlin Ukrainaga qo‘shimcha 12 ta o‘ziyurar gaubisa yetkazib berishga va’da berdi.

Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius juma kuni Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlovchi «Ramshteyn» nomli davlatlar guruhi yig‘ilishi chog‘ida ma’lum qildi.

G‘arbiy Germaniyadagi AQSh harbiy-havo bazasida so‘zlagan Pistorius gaubisalar mamlakat harbiy inventarlaridan emas, balki sanoatdan kelishini aytdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, oltita gaubisa yil oxirigacha yetib borishi kerak, qolganlari esa 2025 yilda yetkazib beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!