Davlat Dumasidagi «Yagona Rossiya» fraksiyasi rahbari Vladimir Vasilev LDPRning past malakali mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun vaqtincha kelgan chet el fuqarolari oila a’zolarining Rossiyaga kirishini taqiqlash haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi.
«Rossiya Federasiyasi hududiga vaqtincha kelgan, past malakali mutaxassis bo‘lgan va mamlakatimizda ishlayotgan chet el fuqarosining oila a’zolarining kirishini taqiqlashni taklif etuvchi LDPR tashabbusi alohida e’tiborga loyiqdir. Bu bizning saylovchilarimizning iltimosi», - dedi Vasilev.
U, shuningdek, Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin nomidan mehnat migrasiyasi masalalari bilan shug‘ullanish uchun maxsus qonunchilik komissiyasi tuzilganini ma’lum qildi.
19 avgust kuni LDPR fraksiyasi tomonidan yuqori malakaga ega bo‘lmagan mehnat muhojirlarining oila a’zolarining Rossiya Federasiyasiga kirishini taqiqlashni taklif qiluvchi qonun loyihasi taqdim etildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Москва якуний тинчлик келишуви бўйича музокараларда муваффақиятга эришилса, Украинада вақтинчалик ўт очишни тўхтатишга тайёрлигини билдирди, деб хабар бермоқда Bloomberg манбалари.
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Аралаш якка кураш устаси Рамазон Темиров 2 март куни UFC Fight Night турнири доирасида Чарльз Жонсонга қарши жанг қилиб, очколар ҳисобига кўра ғалаба қозонган эди.
Путин урушни тўхтатиш бўйича музокаралар арафасида атайлаб "максималистик" талабларни илгари сурган. Унинг ўзи бу талаблар украиналиклар ва европаликлар учун қабул қилинмас бўлиши мумкинлигини билади.