AQSh universitetlari qo‘rqib ketdi
AQSh universitetlari talabalar namoyishidan qo‘rqishmoqda.
Yangi o‘quv yili boshlanar ekan, AQSh universitetlari Falastin tarafdorlarining norozilik namoyishlarini qayta tiklanishidan qo‘rqib, talabalar faolligini bostirishga tayyorlanmoqda.
Universitet ma’muriyati kampuslarni qamoqxonaga aylantirib, tikanli sim va temir panjaralar o‘rnatib, qo‘riqchilar sonini ko‘paytirmoqda. Bu choralar allaqachon so‘z erkinligini poymol etish sifatida tanqid qilinmoqda.
Yangi semestr boshlanar ekan, talabalik «intifoda»sining boshida turgan Nyu-York va Kolumbiya universitetlari rahbariyati isroilga qarshi har qanday namoyishlarni bostirishga harakat qilmoqda.
⭕️ Nyu-York universiteti ma’muriyati talabalarni sionizmni tanqid qiluvchi bayonotlar antisemitizm deb tasniflanishi mumkinligidan ogohlantirdi.
⭕️ Kolumbiya universiteti namoyishchilar qarorgohlari joylashgan maysazorlarni o‘rab qo‘ydi.
⭕️ Virjiniya universiteti ma’muriyati yangi qarorlar doirasida soat 02.00 dan 06.00 gacha ochiq havoda har qanday tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanganligini ma’lum qildi.
⭕️ Pensilvaniya universiteti ma’muriyati universitet kampusida lager va tungi namoyishlar o‘tkazish taqiqlanganini e’lon qildi.
⭕️ Case Western Reserve universitetida 20 dan ortiq odam ishtirok etadigan yoki ikki soatdan ortiq davom etadigan norozilik namoyishlari endi ma’muriyatning yozma ruxsati bilan amalga oshadi.
Amerika Universitetlari professorlari assosiasiyasi (AAUP) universitet rasmiylarining norozilik namoyishlariga nisbatan qo‘pol siyosatini qoralab, ushbu qarorlarning aksariyatini bekor qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi semestrda butun dunyo universitetlarida talabalar noroziligi boshlangan edi. Minglab talabalar polisiya aralashuviga qaramay, universitetlarining isroilga moliyaviy yordam ko‘rsatishiga qarshi norozilik bildirishgandi.