Andijon shahrida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan choyxona va “Paynet” shoxobchasi aniqlandi

Andijon shahrida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan choyxona va “Paynet” shoxobchasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi va shahar elektr ta’minoti bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlarda “I.i.” MCHJ mas’ul shaxslari, fuqaro O.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Forobiy” MFY hududidagi “Sh.” nomli choyxonasidagi uskunalarni hamda Boburshoh ko‘chasidagi “Paynet” shoxobchasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 288,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!