Evropa Ittifoqi Ukrainaga qish kirmasdan avval sovg‘a bermoqchi

Evropa Ittifoqi Ukrainaga qish kirmasdan avval sovg‘a bermoqchi

Evropa Ittifoqi Ukrainaga qish oldidan 40 million yevrolik yangi paket taqdim etadi.

Evropa Ittifoqi Ukrainaga qish oldidan buzilgan energetika infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash uchun 40 million yevro (taxminan 44,4 million dollar) paket ajratadi.

Bu haqda Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leen Xda ma’lum qildi.

«Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasini tinimsiz nishonga olmoqda», deb yozadi fon der Leen, - Tez orada harorat pasayadi, shuning uchun biz muhtoj ukrainaliklarga insonparvarlik yordamimizni kuchaytirmoqdamiz”, - deydi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi paket ta’mirlash ishlari, elektr energiyasi, isitish va turar joyni qamrab oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!