XVJ mutaxassisi Georgiy Kandelaki soliq siyosati bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi

XVJ mutaxassisi Georgiy Kandelaki soliq siyosati bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi

O‘zbekistonda Xalqaro valyuta jamg‘armasi mutaxassisi Georgiy Kandelaki soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi.

U komplaens-xavflarlarni boshqarish metodologiyalarini ishlab chiqish, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligi tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega hamda bulutli texnologiyalar bo‘yicha sertifikatlangan ekspert hisoblanadi.

Georgiy Kandelakining Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirishning istiqbolli masalalari va uni Xalqaro tajribani hisobga olgan holda rivojlantirish tendensiyalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun. 2019 yildan 2024 yilning may oyiga qadar Modestas Kaseliauskas Soliq qo‘mitasida XVJ maslahatchisi lavozimida ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!