Tundagi o‘g‘riga sud hukmi o‘qildi
Eng avvalo ta’kidlash joizki, o‘g‘rilik uchun jinoyat kodeksining 169-moddasida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishda ifodalanadi.
27 yoshida beshinchi marotaba sudlanayotgan Xusrav Raimov (ism shariflar shartli) xavfli residivist bo‘lgani holda o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, ishning unga oid qismi alohida ish yurituviga ajratilgan shaxs bilan oldindan til biriktirib, Buvayda tumanidagi MFY hududida joylashgan dehqon bozoridagi "Porloq" xususiy korxonasiga qarashli J. Karimovning savdo do‘koniga eshiklarini buzish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 30.000.000 so‘m pullari, 8.000.000 so‘mlik tamaki mahsulotlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan va tamaki mahsulotlarining bir qismini A.Ashurovaga jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilganini aytmasdan bergan.
A.Ashurovadan 20 quti "Pallmall" nomli, 10 quti "Kent" nomli, 20 quti "Pallmall mix" nomli, 1 quti "Dunhill" nomli sigaretlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Bundan tashqari, X.Raimov jinoiy harakatlarini davom ettirib, xavfli residivist bo‘lgani holda o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, ishning unga oid qismi alohida ish yurituviga ajratilgan shaxs bilan oldindan til biriktirib, takroran I. Jasurovning yashash xonadonida joylashgan savdo do‘koniga eshiklarini buzish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 500.000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
Bundan tashqari, X.Raimov jinoiy harakatlarini davom ettirib, xavfli residivist bo‘lgani holda o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, ishning unga oid qismi alohida ish yurituviga ajratilgan shaxs bilan oldindan til biriktirib, takroran A.Ibodovning savdo do‘koniga eshiklarini buzish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 12.350.000 so‘m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
Sud, sudlanuvchining aybiga iqror bo‘lib bergan ko‘rsatuvini hamda jabrlanuvchining qonuniy vakili, jabrlanuvchining ko‘rsatuvlarini, taraflarning muzokara nutqlari, sudlanuvchining oxirgi so‘zini tinglab, jinoyat ishi materiallarini har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqib sudlanuvchi X.Raimovni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganganlikda aybli deb topib, qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Abdurasul Minojiddinov,
jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudining raisi