8 oyda umumiy ovqatlanish korxonalari qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda shu yilning yanvar-avgust oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 443 ta yuridik shaxs tomonidan 850,3 mlrd so‘m soliq to‘langan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari 850 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.
Shundan, 145,3 mlrd so‘mi, ya’ni 17,1 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2 trln so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 38,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
— QQS – 61,4 mlrd so‘m;
— JSHODS — 45 mlrd so‘m;
— foyda solig‘i – 32,9 mlrd so‘m;
— boshqa soliqlar — 6 mlrd so‘m
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)