Nigeriyada sher hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi

Nigeriyada sher hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi

Nigeriya janubi-g‘arbida sher voler qulfini yopmagan hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi, deb xabar beradi BBC.

Qayd etilishicha, 35 yoshli marhum Nigeriya sobiq prezidenti Olusegun Obasanjoga tegishli Yovvoyi tabiat bog‘ida ishlab kelgan. Mahalliy polisiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, «sher erkakning bo‘yin qismiga halokatli jarohatlarni yetkazgan». Hayvonot bog‘i xodimini yirtqichning changalidan ozod etish uchun sher otib tashlangan.

Hayvonot bog‘i ma’muriyatining ta’kidlashicha, xodim 28 sentyabr kuni hayvonot bog‘i yopilganida bir necha mehmonni sherga ovqat berish jarayonini tomosha qilish uchun olib borgan. «Hayvonot bog‘i xodimi o‘ziga ishonib yuborib, qafasni ochiq qoldirgan va yirtqichni oziqlantirishga kirishgan. Sher esa uni g‘ajib tashlagan», — deydi mas’ullar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!