Nasrullohning o‘ldirilishi Eronning Yaqin Sharqdagi ta’sirini tugatishning boshlanishimi?
Chatham House tahlil markazi xodimi Lina Xatib The Times gazetasi uchun maqolasida Hizbulloh yetakchisining Eronning Yaqin Sharqdagi ta’siri uchun o‘ldirilishi oqibatlarini baholadi.
Avvalroq Livanning «Hizbulloh» harakati Isroil harbiy-havo kuchlarining 27 sentyabr kuni Bayrutning janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida o‘z bosh kotibi Hasan Nasrulloh halok bo‘lganini tasdiqlagan edi.
Hasan Nasrulloh Hizbullohning eng uzoq vaqt xizmat qilgan bosh kotibi bo‘lib, 1992 yilda o‘zidan oldingi Abbos al-Musaviy o‘ldirilganidan keyin bu lavozimni egallagan.
Musaviy va boshqa «Hizbulloh» yetakchilaridan farqli o‘laroq, Nasrullohning omma oldida obro‘si bor edi, uni rivojlantirish uchun yillar kerak bo‘ldi. U mintaqaviy yetakchi sifatidagi mavqeini mustahkamladi va Livanda ham, xorijda ham mashhur edi.
Uning ajoyib lider sifatidagi imidji ayniqsa Hizbullohning 2006 yilda Isroil bilan urushida erishgan muvaffaqiyatlaridan keyin Yaqin Sharqda mustahkamlandi.
Lina Xatibning qayd etishicha, Eron Nasrullohdan Yaqin Sharqdagi ta’sirini kengaytirish uchun qimmatli vosita topdi.
1979 yildan beri Tehron mintaqaviy yetakchiga aylanishga intilib, bir qancha arab davlatlarida, jumladan Iroq, Yaman va Suriyada qurolli guruhlar tarmog‘ini yaratdi. 1982 yilda Isroilning Livanga bostirib kirishi ortidan paydo bo‘lgan Hizbulloh tezda «qarshilik o‘qi»da o‘z hukmronligini tasdiqladi.
Nasrullohning chetlatilishi bilan Hizbulloh qulab tushmasada, Isroil uni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lganligi guruhning zaifligini ko‘rsatadi. Bu Livan harakatining ruhiyatiga jiddiy zarba.
Maqolada aytilishicha, butun mintaqada Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhlar Nasrullohning o‘ldirilishi va Hizbullohning zaiflashishi o‘z xavfsizligiga haqiqiy tahdid sifatida qarashadi: agar Isroil Eronning Yaqin Sharqdagi eng qudratli aktivini sindira olsa, u holda kichikroq va yangi. Eron tarmog‘idagi guruhlarni buzish osonroq.
Eron general Sulaymoniyning o‘ldirilishiga qaramay, o‘zining mintaqaviy ta’sirini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi, bu alohida hodisa deb hisoblanadi. Biroq, Nasrullohning o‘ldirilishi Isroilning Hizbullohni zararsizlantirishga qaratilgan keng qamrovli kampaniyasining bir qismi bo‘lib, Eronning Yaqin Sharqdagi mintaqaviy ta’sirini tugatish boshlanishini ko‘rsatishi mumkin.