Eron: Bizni aldashdi

Eron: Bizni aldashdi



Eron prezidenti Masud Pezeshkianning aytishicha, AQSh va Yevropa davlatlarining Tehronda Hamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga javob qaytarishdan bosh tortishi evaziga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv tuzish haqidagi va’dalari yolg‘on bo‘lib chiqdi.

Livan matbuotiga ko‘ra, davlat rahbari vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Isroil «Hizbulloh» harakati yetakchisi Hasan Nasrullohni o‘ldirish orqali hech qanday xalqaro me’yorlarga amal qilmasligini yana bir bor namoyish etganini ta’kidlagan.

«Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, ularning yetakchilari o‘ldirilganda qarshilik harakatlari yo‘qolmaydi, chunki bayroqni ko‘tarishga va yo‘lni davom ettirishga doimo tayyor boshqalar bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi Pezeshkian.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!