Zelenskiyning «G‘alaba rejasi». Bu qanday hujjat va nega Ukraina prezidenti uni AQShga olib keldi?

Zelenskiyning «G‘alaba rejasi». Bu qanday hujjat va nega Ukraina prezidenti uni AQShga olib keldi?

Vladimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlarga «g‘alaba rejasi»ni keltirayotganini, u tashrifi davomida prezident Jo Baydenga, shuningdek, Demokratik va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlar Kamala Xarris va Donald Trampga taqdim etishini aytdi. Ammo bu qanday hujjat va unda qanday fikrlar borligi asosiy intriga bo‘lib qolmoqda.

O‘tgan yili Ukraina prezidenti BMT Bosh Assambleyasida Ukrainaning jang maydonida sezilarli natija bermagan qarshi hujumi fonida nutq so‘zlagan edi. Shu bilan birga, yana bir muammo paydo bo‘ldi - muhim xalqaro yordam oqimi, birinchi navbatda, AQShdan sekinlashdi.

Garchi bir yil o‘tib, amerikaliklarning frontida ham, siyosiy hayotida ham ko‘p narsa o‘zgargan bo‘lsada - mamlakat faol saylov jarayoniga sho‘ng‘idi - Ukraina prezidenti yana qo‘llab-quvvatlash va aniq yordam uchun amerikalik sheriklariga murojaat qilmoqda.

Ukraina uchun vaziyat og‘irligicha qolmoqda: ruslar Donbassda muvaffaqiyatli hujumlarini davom ettirmoqda, mamlakat metr sayin hududini yo‘qotmoqda.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi bosib olingan hudud bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilmayapti, Rossiya tomoni esa avgust va sentyabr oyi boshida Rossiya armiyasi Ukraina hududining deyarli ming kvadrat kilometrini nazoratga olganini rasman ma’lum qildi.

Avgust oyi boshida Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk operasiyasi kutilmagan bo‘ldi. Oradan bir yarim oy o‘tdi va 20 sentyabr holatiga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari, Kiyevga ko‘ra, Rossiya hududining taxminan 1200 kvadrat kilometrini nazorat qilmoqda. Biroq, u yerda ham ruslar o‘z mavjudligini kuchaytira boshladilar va Ukraina kuchlarini siqib chiqarishga harakat qilmoqdalar.

Urushning qaynoq bosqichi davom etmoqda va Ukraina uchun G‘arb sheriklarining unga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishda davom etishi juda muhim.

Shuning uchun Vladimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlarga yangi tashabbus bilan chiqdi - Ukraina prezidenti idorasi buni «g‘alaba rejasi» deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!