Shavkat Mirziyoyev pedagogik mahorat milliy institutida yangilangan sharoitlar bilan tanishdi

A A A
Shavkat Mirziyoyev pedagogik mahorat milliy institutida yangilangan sharoitlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr kuni Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurib, yangilangan sharoitlar bilan tanishdi.

Har bir rivojlangan mamlakat kabi O‘zbekiston ham o‘z taraqqiyotini ta’limga asoslanib qurmoqda. Bu sohada chuqur islohotlar, katta-katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Bunda eng muhim bo‘g‘in, yoshlar siyosatining poydevori – boshlang‘ich va umumiy ta’limdir.

Yurtimizda 37 mingdan ziyod bolalar bog‘chasi, 10 mingdan ortiq maktab bor. Joylarda yana yangilari qurilmoqda. Lekin bu maqsadning bir qismi. Eng asosiy masala – ta’lim sifati.

Shu bois pedagog va mutaxassislar malakasi doimiy oshirib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 iyunda qabul qilingan maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishga doir qarori bu tizimni yangi bosqichga ko‘tardi.

Jumladan, shu sohadagi institut A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga aylantirildi. Mavjud majmua kapital ta’mirlanib, ikkita qo‘shimcha bino qurildi, barchasi zamonaviy jihozlandi. Tinglovchilar o‘rni ham, yo‘nalishlar ham ko‘paydi. Eng muhimi, malaka tizimi mazmunan boyidi.

Institut bundan 90 yil oldin, 1934 yilda ochilgan. Shunga bag‘ishlab, bu yerda muzey tashkil etilgan. Unda jadid bobolarimizning ilmga e’tibori, Abdulla Avloniy asos solgan maorif tizimi, o‘sha davrdagi darsliklar va sahna asarlari, umumiy ta’limning rivojlanish bosqichlari aks etgan. Sun’iy intellekt yordamida ma’rifatparvar jadidlar qiyofasi gavdalantirilgan. Shu yerda qariyb 88 ming kitob fondiga ega kutubxona ham bor. Davlatimiz rahbari ushbu muzey va kutubxonani ko‘zdan kechirdi.

Muassasada malaka oshirish va qayta tayyorlashning an’anaviy, muqobil hamda dual shakllari, shu jumladan sun’iy intellekt texnologiyalari asosida o‘qitish joriy etilgan. Situasion o‘quv xonasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi pedagogik mahorat markazlari bilan videoaloqa orqali ulangan. Uzluksiz kasbiy ta’lim, menejerlik o‘quv kurslari, pedagoglarni attestasiyadan o‘tkazish va malaka toifasini berish, maktabgacha va maktab ta’limini boshqarish kabi dasturiy platformalar joriy etilgan. Bu hududlardagi direktor va o‘qituvchilarni yangi pedagogik texnologiya va uslublarga tezkor o‘qitish imkonini beradi.

Bugungi kunda maktab direktori nafaqat tajribali pedagog, balki yaxshi boshqaruvchi, ma’lum ma’noda strateg ham bo‘lishi kerak. Institut o‘quv dasturida bunga katta e’tibor qaratilib, direktorlar maktabi tashkil etilgan.

Inklyuziv ta’lim va psixolog xonalarida shu yo‘nalishda ishlaydigan defektolog va tarbiyachilar malakasi oshiriladi. Media studiyada videodarslar tasvirga olinadi. Shuningdek, institutda konferensiya zali, kompyuter va seminar xonalari, oshxona va sharoitlar bor.

Ma’lumki, bugun mamlakatimizda aniq va tabiiy fanlarga alohida ahamiyat qaratilib, maktablar zamonaviy jihoz va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanmoqda. Bu o‘qituvchilardan shunga moslashishni, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni talab qiladi. “STEM” laboratoriyasi pedagoglarni shu borada qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Zamonaviy ta’lim talabidan kelib chiqib, institutda o‘qish soatlari ko‘paytirildi. O‘qituvchilarga munosib sharoit yaratish maqsadida yotoqxona zamonaviy ta’mirlanib, o‘rinlar soni oshirildi.

Prezidentimiz ushbu xonalarda bo‘lib, yangi qulaylik va imkoniyatlar bilan tanishdi.

– Bu institut kutib o‘tiruvchi emas, targ‘ibotchi, yetakchi bo‘lishi kerak. Hududlardagi o‘qituvchi va direktorlarni ko‘proq taklif etib, barcha maktablarda sifatni oshirish zarur. Yangi zamon kishisi, kelajagimiz bunyodkorlari maktabda tarbiyalanadi. Ta’limsiz kelajak yo‘q, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu yerda dars beradigan o‘qituvchi va murabbiylarni xorijda o‘qitish, dunyodagi ilg‘or tajribalarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida institutda 4 ming 300 nafarga yaqin ta’lim muassasalari rahbarlari malaka oshirdi. Shuningdek, 2 ming nafarga yaqin direktor va direktorlikka nomzodlar menejerlik kurslarida o‘qitildi. “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi orqali darslarda 113 ming nafardan ortiq pedagoglar qatnashdi.

Singapur xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan 100 nafar maktab direktori, 200 nafar matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchisi qayta tayyorlandi. Institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi ham ish boshladi.

Umuman, mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog hamda mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning uzluksiz tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 2025 yildan boshlab ular besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshiradi. Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati” hamda “Kasbiy rivojlanish kuni” joriy etiladi. Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalar uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

Dollar va yevro keskin ko‘tarildi

Марказий банк 2025 йил 13 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Yurtimizda yana bir poraxo‘r amaldor qo‘lga tushdi!

Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ukraina kutilmaganda havo jangida g‘alaba qozondi: F-16 Rossiyaning Su-35 samolyotini urib tushirdi

Украина ҳаво жангида тарихий ғалабага эришди: тарихда биринчи марта Ғарбий F-16 қирувчиси Россиянинг Су-35 Фланкер самолётини уриб туширди.

Dollar kursida shiddatli pasayish kuzatildi

Марказий банк 2025 йил 10 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

“Keling, shunday kelishaylik: Biz Ukrainada bunday raketalarni ma’lum miqdorda joylashtiramiz"

АҚШ 2021 йилда Россиянинг Украина бетарафлигини эълон қилиш таклифидан бош тортган

AQSh moliya vaziri Ilon Maskning ko‘zini ko‘kartirdi

Бессент шунингдек, Маскни фирибгар деб атади

Kreml "yonmoqda" - Serbiya Ukrainaga yaqindan yordam bermoqchi

Бу ҳақда мамлакат президенти Александр Вучич маълум қилди.

O‘zbekiston bilan o‘yindan so‘ng BAA terma jamoasidan ikki futbolchi haydaldi

Эслaтиб ўтамиз, 5-июнь куни Ўзбекистон БАА билан 0:0 ҳисобида дуранг ўйнаб, тарихда илк бор ЖЧга йўл олди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Eron oliy rahbari: "Ular urushni boshladi, endi ularni omon qolishlariga yo‘l qo‘ymaymiz"

Бу ҳақда Эрон олий раҳбари Оятуллоҳ Али Хоманаий халққа мурожаатида маълум қилди.

Isroil ayyorlik bilan Eron qo‘mondonlarini bir joyga to‘plagani ma’lum bo‘ldi

Исроил хавфсизлик хизматлари вакилининг "Fox News"га билдиришича, махсус чоралар орқали улар Эрон қўмондонлари ҳақида кўпроқ маълумот тўплаб, бу маълумотлар асосида уларнинг ҳаракатини бошқаришга муваффақ бўлишган.

Isroilning kiberxujumi ortidan Eron armiyasi “ko‘r, kar va soqov” bo‘lib qolgan

Қайд этилишича, бўлинмалар ўртасидаги алоқа, рациялар, пейжерлар ва мобил телефонлар ҳам ишдан чиққан

Eron Isroilga qarshi to‘rtinchi hujum to‘lqinini amalga oshirdi

Reuters хабарига кўра, Исроил армияси ракеталарни тутиб олиш учун барча зарур ишларни қилмоқда.

Eronning Tel-Avivga qilgan hujumi natijasida isroillik aholi o‘lishni boshladi

Бу ҳақда The Jerusalem Post нашри хабар бермоқда.

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli O‘zbekistonda ayrim reyslar bekor qilindi

Эрон ва Исроил ўртасидаги ҳарбий тартибсизликлар оқибатида Ўзбекистон авиакомпаниялари айрим парвозларни ўзгартириш ёки бекор қилишга мажбур бўлди. Хавфсизлик нуқтайи назаридан бир қатор давлатлар ҳаво ҳудуди вақтинча ёпилди.

Isroil Eron harbiy-havo kuchlarining ikkita bazasiga zarba berdi

Бу ҳақда армия матбуот хизмати баёнотида айтилган.

Namanganda valyutafurushdan 41,2 mln so‘m jinoiy jarima undirildi

Фуқаро О. А ҳам ноқонуний валюта савдоси билан шуғулланганда ҳуқуқни муҳофаза қилиш идора ходимлари томонидан фаолиятига чек қўйилган.

"AQSh Isroil amaliyoti Erondagi hukumatni o‘zgartirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin"

Трамп Исроилнинг ҳаракатларини ижобий баҳолаб, ЦАХАЛ “дунёдаги энг яхши қуроллардан, яъни Америка қуролларидан” фойдаланганини таъкидлади.

Isroil Eronning Fordodagi yadroviy ob’ektiga zarba berdi

Исроил Эроннинг жавоб зарбаси жуда оғир бўлиши мумкинлигини тушунади, оқибатларни минималлаштиришга тайёрланмоқда, деди Исроил бош вазири.

Eronning yana bir yuqori martabali amaldori o‘ldirildi

Генерал Қааний 2020 йилда АҚШ ҳужуми оқибатида ўлдирилган Қосим Сулаймоний ўрнига ушбу лавозимга тайинланган эди.

SAXAL bir qator havo hujumlari natijasida Eronning raketa infratuzilmasiga tegishli ob’ektlar yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Ҳужум қилинган объектлардан бирида контейнер кўринишида ниқобланган ўзига хос учириш механизми жойлаштирилгани аниқланган.

Isroilning Eronga hujumidan so‘ng AQSh o‘z harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubormoqda

Манбаларга кўра, АҚШ ҳарбий-денгиз кучлари USS Thomas Hudner эсминецини Шарқий Ўрта ер денгизи томон йўллаган.

Rossiya mingdan oshiq jasadlarni Ukrainaga topshirdi

Ҳарбий асирлар бўйича мувофиқлаштирувчи штаб ўзининг Телеграм-каналида 1200 нафар ҳалок бўлган украиналиклар жасади қайтарилгани ҳақида эълон қилди.

Netanyaxu ma’muriyati dunyoni falokatga tortayotgani xavotirli — Erdog‘an

Туркия раҳбари халқаро ҳамжамиятни “глобал ва минтақавий барқарорликка таҳдид солаётган Исроил бандитизмига чек қўйиш”га чақирди.

Iroq BMT Xavfsizlik Kengashiga Isroil havo hududini buzganidan shikoyat qilmoqda

Бу ҳақда Ироқ ташқи ишлар вазирлиги маълум қилди.

Isroilning Eronga qarshi amaliyoti qancha davom etadi?

Исроил икки ҳафта давомида Эронда операция ўтказишни режалаштирмоқда. Бу ҳақда Wall Street Journal хабар бермоқда.

Turkiya Eron, Iroq, Suriya va Iordaniyaga parvozlarni bekor qildi

Исроилнинг Эронга ҳаво ҳужуми уюштирганидан кейин минтақадаги хавфсизлик хавотирлари кучайгани учун Туркия бир қатор давлатларга парвозларни вақтинча тўхтатди.

Tramp Isroilning hujumiga yuqori baho berdi — ABC News

У ҳужумни “ажойиб” деб атади ва олдинда “ҳали кўп нарсалар бўлади” деб айтди.

Isroilning Tehronga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 78 kishi halok bo‘ldi, yana 329 kishi yaralandi — Fars

The Wall Street Journal маълум қилишича, Исроил келаси 14 кун ичида Эронга янги ҳужумлар уюштириши мумкин.

"Yashil chiroq" yoqildi: Isroil Eronga hujumni davom ettirmoqda

Исроилнинг "Channel 14" телеканали маълум қилишича, Исроил ҳарбий-ҳаво кучлари Эронга қарши ҳужумларни қайтадан бошлаган.

Isfahon va Fordo yadroviy ob’ektlari talafot ko‘rmadi — MAGATE

Халқаро атом энергияси агентлиги (МАГАТЭ) маълумотига кўра, Фордо уранни бойитиш корхонаси ва Исфаҳондаги ядровий объект Исроил зарбаларидан талафот кўрмаган.

Eronliklar ko‘chalarda: ular Isroilga qarshi zarba berishni talab qilishmoqda (VIDEO)

Минглаб Теҳрон ва бошқа Эрон шаҳарлари аҳолиси кўчаларга чиқиб, Исроилнинг ҳаракатларига қарши норозилик билдирди.

Isroil Eron hududida maxfiy dron bazasini yaratgan

Исроил “Ам Калави” операцияси доирасида Эрон ҳудудида махфий дрон (БПЛА) базасини яратди. Israel Hayom нашрининг хабар беришича, “Ам Калави” операцияси бир неча йиллар давомида тайёрланган.

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

Ўзбекистоннинг Исроилдаги элчихонаси мамлакат фуқароларини эҳтимолий ракета ҳужумлари муносабати билан огоҳликка чақирди.