Yuqori Chirchiqda Cobalt haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi

Yuqori Chirchiqda Cobalt haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi

Yuqori Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi.

Joriy yilning 30 sentyabr kuni soat 07:45 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan D 014 "G‘azalkent sh. — Chirchiq sh. — Yangibozor q. — Jumabozor q. — O‘rtasaroy q. — Nurafshon sh." avtomobil yo‘lining 41-kilometrida joylashgan 14 sonli maktab qarshisida haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan M.N "Cobalt" rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyoda 2013 yilda tug‘ilgan 14 maktab o‘quvchisi M.A ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Natijada piyodaga markaziy shifohonada birinchi yordam ko‘rsatilgan. (Hozirda piyoda ahvoli yaxshiligi sababli shifoxodan ruxsat berilgan).

Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!