Isroil qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 360 kun bo‘ldi

Isroil qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 360 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 360 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar G‘azo sektorining Dayr al-Balah, Bayt-Laxiya va Xon Yunis shaharlariga hujum qildi. Oxirgi 24 soat ichida uyushtirilgan hujumlarda yana 20 nafar falastinlik hayotdan ko‘z yumgani, 108 kishi jarohat olgani bildirildi.

▪️Isroil tomonidan 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlarda qurbon bo‘lganlar soni 41 615 nafarga, yaradorlar soni esa 96 359 nafarga ko‘tarildi.

▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Nablus, Qalqilya, Tulkarm, Al-Xalil, Ramallah va Quddusga hujumlar uyushtirmoqda. O‘nlab falastinliklar hibsga olingan.

▪️Livanni bombardimon qilishning 15-kuni ishg‘olchilar Bayrut markazidagi Bekaa, nasroniylar mahallasi va Saidaga yirik hujumlar uyushtirdi. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroilning Livanga qilgan oxirgi hujumlarida 109 kishi halok bo‘ldi, 364 kishi yaralandi.

▪️Livan rasmiylariga ko‘ra, Hizbulloh ishlatgan aloqa qurilmalari portlatilgan 17 sentyabrdan beri jami 1174 kishi, jumladan 104 bola va 194 ayol halok bo‘ldi.

▪️Hizbulloh ishg‘ol ostidagi Falastindagi bosqinchilarning harbiy nishonlariga qarshi 11 ta operasiya o‘tkazdi. Ballistik raketalar Safad, Akka, Kfar Shuba, Zovolun bazasi va Hayfani nishonga oldi.

▪️Hizbulloh mintaqaga ballistik raketa uchirgach, Hayfada bir milliondan ortiq ko‘chmanchilar bomba boshpanalariga yashiringan.

▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroilning Livanga qilgan oxirgi hujumlarida 109 kishi halok bo‘ldi, 364 kishi yaralandi.

▪️HAMAS: Livandagi HAMAS harakati yetakchisi, shahid Fatoh Sharif Abu al-Amin halok bo‘lganidan qayg‘uramiz.

▪️Yaman husiylari AQSh Qurolli Kuchlariga tegishli bo‘lgan yana bir MQ-9 uchuvchisiz uchog‘ini urib tushirdi. Bu 2023 yil 7 oktyabrdan buyon 11-, sentyabr oyidagi to‘rtinchi urib tushirilgan AQSh razvedka droni hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!