Rossiyada noqonuniy migrantlar haqidagi ma’lumotlar hamma uchun ochiq bo‘ladi

Rossiyada noqonuniy migrantlar haqidagi ma’lumotlar hamma uchun ochiq bo‘ladi

Reestr 2025 yilda Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi saytida paydo bo‘ladi, biroq faqat shaxsning ro‘yxatda bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar ochiq bo‘ladi, deb yozadi «Vedomosti».

Saytning yopiq quyi tizimida qoidabuzarlar haqida boshqa, batafsilroq ma’lumotlar to‘planadi.

Noqonuniy migrantlar ushbu reestrga kiritilgach, avtomobil haydash, bank xizmatlaridan foydalanish, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, nikoh tuzish va bekor qilish, bolalarni bog‘cha va maktablarga ro‘yxatdan o‘tkazish imkoni bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!