Tuman hokimligi tadbirkorga yetkazilgan 80 million so‘m zararni to‘ladi

Tuman hokimligi tadbirkorga yetkazilgan 80 million so‘m zararni to‘ladi

Navoiy viloyati Konimex tumanida yashovchi fuqaro Farmonov Shamshod Atabayevich 2018 yil 11 sentyabr kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan “Azizbek Afzal” xususiy korxonasi balansida bo‘lgan avtotexxizmat va savdo do‘koni binolarini davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganiga to‘lanishi lozim bo‘lgan 80 million so‘m zarar hokimiyat tomonidan to‘lab berilmayotganidan norozi bo‘lib, Konimex tumani adliya bo‘limiga murojaat qilgan. 
Bo‘lim tomonidan murojaatni o‘rganish davomida 2018 yil 10 fevral kuni “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini “Ajiniyaz” ko‘chasi hududida joylashgan fuqaro Farmonov Shamshod Atabayevichga tegishli bo‘lgan “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” binosining yer maydonini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olish to‘g‘risida”gi tuman hokimining Q-105-sonli qarori qabul qilinganligi, mazkur qarorning 1-bandida fuqaro Farmonov Shamshod Atabayevichning “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini “Ajiniyaz” ko‘chasida joylashgan “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” binosining 2100 kvadrat metr yer maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi ko‘rsatilgan. 
Mazkur qarordan kelib chiqib tuzilgan kelishuv dalolatnomasiga asosan, SH.Farmonovga tegishli davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qaytarilgan 2100 kvadrat metr yer maydoniga ega bo‘lgan bino va ob’ektlarni buzdirish va yetkazilgan 80 million so‘m zararni mahalliy byudjetdan orttirilgan mablag‘lar hisobidan qoplab berish nazarda tutilgan. Biroq, fuqaro adliya bo‘limiga murojaat qilguniga qadar kelishilgan summa tadbirkorga asossiz ravishda to‘lab berilmasdan kelinganligi aniqlangan. Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari buzilgan. 
Bu kabi xato va kamchiliklarga yo‘l quyilganligi sababli tuman hokimligiga adliya bo‘limi tomonidan taqdimnoma kiritilib, tadbirkorning buzilgan huquqi tiklandi. Natijada, tadbirkorga 80 million so‘m mablag‘ undirib berildi. 

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!