Tug‘ilish va o‘limni qayd etish bilan bog‘liq xizmatlarning reglamenti ham tasdiqlandi

Tug‘ilish va o‘limni qayd etish bilan bog‘liq xizmatlarning reglamenti ham tasdiqlandi

FHDYo organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.

Avvallari tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun FHDYo bo‘limiga kelgan fuqarolardan birinchi navbatda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili so‘ralardi. Agar boshqa tumanda istiqomat qilsa o‘z yashash manzili bo‘yicha borib xizmatdan foydalanish kerakligi aytilardi.

Zamon shiddat bilan rivojlanishi barcha sohalar qatori aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini ham yangi bosqichga olib chiqdi. Endilikda yurtimizda istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘zlariga yaqin bo‘lgan hududda joylashgan FHDYo bo‘limiga borib barcha xizmatlardan emin-erkin foydalanishlari mumkin.

Yana bir muhim jihat, avval qo‘lyozma shaklida taqdim etilgan tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar bugunga kelib elektron ravishda to‘ldirilib barcha turdagi dalolatnoma yozuvlari (FHDYo yagona elektron arxivi) axborot tizimiga kiritilib borilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, yillar o‘tib biror bir hujjatga ehtiyoj sezgan fuqarolarning ortiqcha vaqt sarf etishining oldini oladi.

Bundan tashqari, to‘lovlar billing invoys orqali to‘lanishi sababli uzoqda joylashgan bankka borish uchun vaqt sarflamaydi. Elektron tizim yo‘lga qo‘yilganligi sababli tibbiyot muassasalari bilan, tug‘ruqxonada bola tug‘ilishi bilan elektron ravishda FHDYo bo‘limining ona va bola haqidagi ma’lumotlar qisqa vaqt ichida yetib keladi. Fuqarolarni quvontiradigan yana bir yangilik endilikda farzandi tug‘ilganda beriladigan bir martalik suyunchi pulini ota-onalarning bank plastik kartasiga FHDYo bo‘limining o‘zida tushirib berilmoqda. Bu kabi yaratilayotgan qulayliklar fuqarolarning vaqtini tejashga xizmat qilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 oktyabrdagi «Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risidagi nizom ularning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek ular faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.

Yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o‘lim haqidagi hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) gerb yig‘imi BHMning 15 foizi miqdorida undiriladi.

FHDYo organlarining arxiv ma’lumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yig‘imi undirilmaydigan bo‘ldi.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDYo organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.

Bunda farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish, jinsni o‘zgartirish fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.

Shuningdek, hujjat bilan tug‘ilganlik va o‘limni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ham tasdiqlandi.

Inson qadri ulug‘lanayotgan yurtda barcha sohalar qatori FHDYo bo‘limlarida ham fuqarolarning vaqtini tejash, ularga zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday imkoniyat va qulayliklar FHDYo bo‘limi xizmatidan foydalanuvchi aholining ishi tez va sifatli bitishida ayni muddao bo‘lib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!