Tubasda nasistlar "Turk kasalxonasini" qamal qildi, 5 shifokor o‘g‘irlab ketildi
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 425 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Bayt Xanun, Burayj, Nusayrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 36 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 44502 kishi shahid bo‘ldi.
▪️So‘nggi ikki oy ichida Kamal Advan kasalxonasi beshinchi marta hujumga uchradi. Bosqinchilar kvadrokopterlar yordamida xodimlarga o‘q uzdi - 3 nafar shifokor yaralandi.
▪️Burayj lagerida nasistlar ko‘chirilganlar yashayotgan Abu Xamis maktabiga hujum qildi. Maktab hududida 15 ta chodir yonib ketdi, 1 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.
▪️Al-Qassam brigadalari G‘azo shimolidan Eretz nazorat-o‘tkazish punkti yo‘nalishi bo‘yicha ikkita raketa uchirdi. Ular Nitsarim o‘qida fashistlarga hujum qilishdi va Rafaxda tank va buldozerlarni portlatishdi.
▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Falastin shaharlariga ommaviy hujumlar uyushtirmoqda. 3 kishi, jumladan 1 bola halok bo‘ldi. Tubasda nasistlar "Turk kasalxonasini" qamal qildi, 5 shifokor o‘g‘irlab ketildi.
▪️Husiylar: Iroq qarshilik kuchlari bilan birgalikda 3 ta harbiy amaliyot o‘tkazdik. Ikki nishon ishg‘ol shimoliga, uchinchisi esa Umm ar-Rashrashdagi (Eilat) hayotiy nishonga qaratildi.
▪️Iroqning Sulaymoniya shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro kitob yarmarkasida falastinlik shahid Yahyo Sinvar muallifligidagi “Chinnigul va tikan” kitobi eng ko‘p sotilgan kitob bo‘ldi.
▪️New York Times: Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga asoslanilsa, G‘azo markazida Isroil harbiy bazasi qurilishi jadallashtirilgan, 600 dan ortiq binolar buzilgan.