Mtavari telekanalining xabariga ko‘ra, kuch ishlatar tuzilmalar sobiq prezident Mixail Saakashvili tomonidan asos solingan “Birlikdagi milliy harakat” partiyasining shtablaridan biriga, “O‘zgarishlar uchun koalisiyasi” ofisi hamda “Droa” partiyasi ofisiga bostirib kirgan va tintuv bilan borgan.
Qo‘lga olinganlar orasida jurnalist va “O‘zgarishlar uchun” koalisiyasi yetakchilaridan biri Nika Gvaramiya bor. Mtavari telekanali uning qattiq qo‘lga olinishi aks etgan lavhalarni namoyish etdi.
Muxolifatdagi “Lelo” partiyasi deputati koalisiyaning ikki a’zosi hibsga olinganini ma’lum qildi. “Exo Kavkaza” nashri esa “O‘zgarishlar uchun” koalisiyasining yana bir a’zosi Gela Xasaya ham qo‘lga olinganini xabar qildi.
28 noyabrdan beri minglab gruziyaliklar Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilishiga qarshi norozilik namoyishlariga chiqmoqda. Muzokaralarni to‘xtatish haqidagi bayonotni mamlakat bosh vaziri va hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi a’zosi Irakliy Kobaxidze e’lon qilgan edi. Polisiya namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagichlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va jismoniy kuch ishlatmoqda. Namoyishlarda 240 dan ortiq kishi qo‘lga olingan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ўзбек футболчиси Абдуқодир Ҳусановни яқинда 40 млн еврога сотиб олган «Манчестер Сити» футбол клуби хўжайини, БАА вице-президенти Шайх Мансур Ол Наҳаён билан учрашди.
Шавкат Мирзиёев Абу Даби валиаҳд шаҳзодаси Шайх Холид ибн Муҳаммад Ол Наҳаён билан Абдуқодир Ҳусановнинг “Манчестер сити” клубига ўтиши ҳақида гаплашди.
18-январга ўтар кечаси Россия ҳарбийлари Киев ва Украинанинг бошқа ҳудудларига баллистик ракеталар ва учувчисиз самолётлар ёрдамида ҳужум қилди, деди пойтахт мери Виталий Кличко.
Жануби-Шарқий Норвегия университети профессори Гленн Дизен Х ижтимоий тармоғида Ғарб ОАВларининг Россия президенти Владимир Путин ва махсус ҳарбий операция ҳақидаги ёлғонларини фош қилди .
Лаҳор Олий суди ҳибсда бўлган Покистоннинг собиқ бош вазири Имрон Хонни коррупция иши бўйича 14 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилди. Унинг рафиқаси Бушра Биби етти йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди, дея хабар бермоқда Accosiated Press.