Prezident Administrasiyasida Prezident Farmoniga asosan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi
Prezident Administrasiyasida Prezident Farmoniga asosan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan:
– Ruslanbek Quroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
– Abdusalom Abdumavlanovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
– Suxrob Djo‘raqulovich Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
– Adxam Muratovich Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
– Muzaffar Murotovich Kamilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
– Olim Adilovich Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.