2024 yil 27 noyabr kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida «Shveysariya kunlari» doirasida o‘zbekistonliklarning Shveysariya maktablari va universitetlarida ta’lim olish imkoniyatlariga bag‘ishlangan ta’lim kuni o‘tkazildi.
Tadbir Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va SGE ko‘magida Swiss Learning uyushmasi tomonidan tashkil etildi. Ta’lim ko‘rgazmasida Shveysariyaning 13 ta yetakchi xususiy maktab va universitetlari o‘z o‘quv dasturlarini, shuningdek, yozgi va qishki oromgohlarni hamda mehmonnavozlik, moliya va axborot texnologiyalari kabi sohalarda oliy ta’lim imkoniyatlarini namoyish etdi.
Tadbirda O‘zbekistonning 100 dan ortiq sayyohlik va ta’lim agentliklari ishtirok etib, fuqarolarning Shveysariyada ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanligini ta’kidladilar.
Shveysariya va O‘zbekistonning inson kapitalini rivojlantirish sohasidagi umumiy qadriyatlari muhokamasi tadbirning asosiy masalalaridan biri bo‘ldi. Ta’lim har ikki mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining asosiy omili sifatida e’tirof etilgan.
Swiss Learning direktori Kristof Klyva o‘zbekistonliklarning Shveytsariya ta’limiga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi:
«O‘zbekistonliklarning Shveysariyada ta’lim olishga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Hozirning o‘zidayoq Shveysariya maktablari va universitetlarida o‘zbekistonlik o‘nlab talabalar tahsil olmoqda. Avvalambor, ularni ta’limning yuqori darajasi va har tomonlama rivojlanganlik o‘ziga jalb qiladi. Bolalar fanlardan tashqari ijodkorlik va san’atga o‘rganishadi, ilg‘or texnologiyalar - sun’iy intellekt, robototexnika, shuningdek, ot sportidan tortib basketbolgacha bo‘lgan sport bilan shug‘ullanishadi. Bundan tashqari, Shveysariya ta’limining o‘ziga xos xususiyati uning amaliy yo‘nalganligidir: yuqori sinf o‘quvchilari olingan bilimlarni real ishlab chiqarish muammolarini hal qilish uchun qo‘llaydilar.»
Shveysariyadagi ta’lim nazariyani amaliyot bilan integrasiyalashga qaratilgan. Bu talabalarga olingan bilimlarni real hayotda qo‘llashga imkon beradi, bu esa ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshiradi.
«Shveysariyadagi maktab-pansionlar o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun noyob sharoitlar yaratadi: ijodkorlik, mustaqil fikrlash, ko‘p millatli muhitda ishlash va bir nechta tillarni o‘rganish - bularning barchasi bitiruvchilarning global jamiyatga muvaffaqiyatli integrasiyalashuviga yordam beradi. Shveysariya ta’lim standartlari O‘zbekiston ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Shveysariyada asos solingan va etalonga aylangan IB xalqaro bakalavriat tizimi allaqachon Toshkentdagi bir qator xususiy maktablarda qabul qilingan va yildan yilga ommalashib bormoqda.»
Tadbirda Shveysariya ta’limini xorijda targ‘ib qilganlik uchun har yili topshiriladigan Swiss Learning Awardstaqdirlash marosimiga alohida e’tibor qaratildi. 2024 yilda Markaziy Osiyoda tibbiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘liqni saqlashdan foydalanishni yaxshilash bilan shug‘ullanuvchi MESCA (Medical Excellence and Science in Central Asia) fondi rahbari Nikki Hafizi g‘olib bo‘ldi.
2024 yilning 23-27 noyabr kunlari O‘zbekistonda «Shveysariya kunlari» bo‘lib o‘tdi. Loyihaning maqsadi O‘zbekiston jamoatchiligini Shveysariyaning ilg‘or texnologiyalari, ta’lim imkoniyatlari va madaniyati bilan tanishtirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.
АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.