Isroilning G‘azo maktabiga qilgan hujumidan omon qolgan kishi voqeani aytib berdi
G‘azoning Zaytun mahallasidagi yuzlab ko‘chirilgan oilalar istiqomat qiladigan UNRWA maktabi Isroil havo hujumiga uchragan va birinchi qavat vayron qilingan.
To‘rt kishi halok bo‘ldi, yana bir qanchasi yaralandi.
Hanan Abu Asi hujumdan omon qoldi va dahshatli voqea haqida Al-Jazira bilan suhbatlashdi.
Mana u nima dedi:
“Biz uzoq vaqtdan beri uysizmiz va shu maktabda boshpana topdik.
“Farzandlarimga ovqat tayyorlamoqchi bo‘lganimda birdan boshimizdan eshik-deraza uchib keldi. Raketa portlashini eshitmadik, lekin biz juda yuqori bosimni his qildik.
“Farzandlarimni qidirib, ulardan birini boshidan yaralangan holda topdim. U qattiq qonayotgan edi; uning qoni mening butun vujumga tegdi. Erim uni shoshilinch kasalxonaga olib bordi. Men bu ulkan halokatni ko‘rish uchun chiqdim.
“[Isroil armiyasi] begunoh tinch aholi, ayollar va bolalarni bombardimon qilishda davom etmoqda. Biz nima xato qildik? Uylarimiz vayron bo‘ldi, maktablar va chodirlarni boshpana qildik. Faqat Alloh bizning qalqonimiz".