Xalqaro qilichbozlik federasiyasi (FIE) Usmonovni tashkilot prezidenti lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi qaror 1 dekabr kuni e’lon qilingani, u «federasiyaning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida» o‘z ixtiyori bilan o‘z lavozimini tark etganini ma’lum qildi. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Usmonov 30 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan ovoz berishda FIE prezidenti etib saylangan, uning nomzodini 120 delegat qo‘llab-quvvatlagan. Uning asosiy raqibi, Shvesiya qilichbozlik federasiyasi prezidenti Otto Drakenberg atigi 26 ta ovoz oldi.
Usmonovning FIE prezidenti etib tayinlanishi Ukraina qilichbozlik federasiyasi (FFU) tomonidan tanqid qilindi. Tashkilot 100 dan ortiq milliy federasiyalarga tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash xatlari oldindan yozilgani, ovoz berish joyi sifatida Usmonovning vatani – O‘zbekiston tanlanganini ta’kidladi. FFU uni tayinlash qarori «oldindan yozilgan ssenariy» asosida qabul qilingan deb hisoblaydi.
Alisher Usmonov 2008 yildan 2022 yil martigacha Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti va homiysi bo‘lgan va xalqaro sanksiyalarga uchragach, o‘z lavozimini tark etishga majbur bo‘lgan. Shu vaqtdan boshlab Emmanuel Katsiadakis vaqtinchalik asosda FIE rahbari vazifasini bajardi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.