"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Bu kelishuv myunxenliklar uchun rekordga aylanishi mumkin, deb xabar berdi "Bild".
Agar yangi shartnoma imzolansa, futbolchi yiliga 20 mln yevrodan ko‘proq maosh oladi. Bu holatda u Harri Keyn bilan birga "Bavariya"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.
Umuman olganda, Musiala "Bavariya"da keyingi 5 yil davomida 100 mln yevrodan ko‘proq maosh olishi mumkin. Ushbu shartnomaga imzo chekilsa, bu Myunxen klubi uchun rekord bo‘ladi.
Jamol 2020 yildan beri "Bavariya"ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda. 21 yoshli xavbek ushbu mavsum barcha turnirlarda 18 o‘yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "rekordmaystr" bilan bitimi 2026 yilning iyuniga qadar tuzilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Манчестер Сити" бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоанинг янги аъзоси, Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида ўз фикрини билдирди.
АҚШ президенти Доналд Трамп Давосдаги Жаҳон иқтисодий форумидаги нутқида Қўшма Штатларни саноат ишлаб чиқариши, сунъий интеллект ва криптовалюталар каби соҳаларда етакчига айлантириш ниятида эканлигини маълум қилди.
Трампнинг Украина бўйича собиқ махсус вакили Волкер Куртнинг айтишича, Трампнинг Россияга нисбатан жиддийроқ санкциялар таҳдиди "Владимир Путинга вазият яхшиланмайди, аксинча ёмонлашади деган сигнал беради".