Trio o‘z joyida. “Futbol plyus” loyihasi efirdan olinmagan

Trio o‘z joyida. “Futbol plyus” loyihasi efirdan olinmagan

Kecha “Oriyat Dono” radiokanalida efirga uzatilgan “Futbol plyus” loyihasi ishtirokchilari Bobur Akmalov, Jamoliddin Bobojonov va Xayrulla Xamidov o‘zaro suhbatda “O‘zbekiston 24” telekanali haqidagi tanqidiy fikrlari ortidan “Sport” telekanalidan ishdan bo‘shatilgani haqida ma’lum qilgan edik.

Shu voqea sabab “Oriyat Dono” radiokanalida efirga uzatilgan “Futbol plyus” loyihasi to‘xtatilgani haqida ham xabarlar tarqagan edi.

Radiokanalning telegram kanalida yozilishicha, eshittirish efirdan olib tashlanmagan.

Telegramda “Birozdan so‘ng 21:05 da "Futbol plyus" eshittirishi efirga uzatiladi. Jonli.

Ishtirokchilar:

Bobur Akmalov,

Jamoliddin Bobojonov,

Xayrulla Hamidov”, deya xabar berdi.

Dastur muallifi Bobur Akmalov ham o‘z “Tvitter” sahifasida “Trio o‘z joyida” deya post qoldirdi.

Ayni paytda dastur davom etmoqda.

Manba: human.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!