Transport prokurori xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berdi

Transport prokurori xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berdi

O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori Ikrom Narimov transport xizmati ko‘rsatish sohasida qonuniylikni ta’minlash maqsadida doimiy ravishda o‘rganish ishlarini yo‘lga qo‘ygan.

Transport prokurori «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi tomonidan metropolitenning Chilonzor yo‘nalishi Sergeli yer usti qismidagi «Chinor» bekati poyezdlar aylanib olish yo‘lagining 216-218-ustunlari oralig‘ida eksperimental tarzda o‘rnatilayotgan metall konstruksiya va muqobil quyosh energiyasi qurilish ob’ektida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvolini o‘rgandi.

Ma’lumot uchun, mazkur ob’ektning uzunligi 54 metr, umumiy qiymati 4,700 million so‘m, metall konstruksiya hajmi 750 m2, quyosh panellari quvvati 550-660 vt.ni tashkil etadi.

O‘rganish davomida Sergeli yer usti qismidagi «Chinor» bekati poyezdlar aylanib olish yo‘lagining 216-218-ustunlari oralig‘ida eksperimental tarzda o‘rnatilayotgan metall konstruksiya va muqobil quyosh energiyasi qurilishi ob’ekti buyurtmachi, pudratchi va boshqa mas’ul xodimlar ishtirokida o‘rganildi.

Mazkur ob’ektda xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish, birinchi navbatda, qurilish va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi yuzasidan mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etish va ob’ektni sifatli topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bundan oldin Transport prokurori M39B «Toshkent xalqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 34-36 km. qismi (Temur Malik ko‘chasi)ni rekonstruksiya qilish ob’ektida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvolini o‘rgangan edi.

O‘rganish davomida avtomobil yo‘li va ko‘prikni rekonstruksiya qilish, ob’ekt atrofidagi turar va noturar bino inshootlarni ko‘chirish masalasi tegishli mas’ul xodimlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Xodimlarining mas’uliyati oshirish, qurilish va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etish, o‘z vaqtida va sifatli topshirilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!