Tramp jahon yetakchilari bilan uchrashishdan ma’ni nima ekanligini 1 daqiqada tushuntirib berdi

Tramp jahon yetakchilari bilan uchrashishdan ma’ni nima ekanligini 1 daqiqada tushuntirib berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp unga Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashish nechog‘lik zarur ekanligini tushuntirib berdi.

«Ko‘p insonlar mendan nega xorijiy davlat rahbarlari bilan uchrashayotganimni so‘rashadi. Chunki men vaqtimni o‘tkazayapman. Aslida, bu juda muhim. Buni ko‘p takrorlaganman. Agar sen prezident bo‘lsang, sen xorijiy davlatlar rahbarlari bilan uchrashib turishing kerak. Sen bundan hech narsa yo‘qotmaysan, lekin ko‘p narsaga ega bo‘lishing mumkin. Bu narsa Singapurda ham sodir bo‘ldi. Qarang, yetakchi Kim (KXDR yetakchisi Kim Chen In) bilan nima bo‘ldi?  O‘sha uchrashuv sharofati bilan biz buyuk qahramonlarimizni ko‘p yillar o‘tib vatanimizga qaytardik. Bizga hech kim raketa o‘qtalmayapti, yadro sinovlarini o‘tkazmayapti. Boshqa dahshatli narsalar ham sodir bo‘lmayapti», — degan Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida e’lon qilingan bir daqiqalik videosida.

Oq uy rahbari Putin bilan ham «ajoyib uchrashuv» bo‘lgani va «juda ko‘p narsalar ro‘yobga chiqqani»ni qo‘shimcha qilgan.

«Xorijiy davlatlar rahbarlari bilan uchrashuv — yaxshi narsa, yomon narsa emas. Hech qanday yomonlik sodir bo‘lmaydi, aksinchi yaxshilik tomon o‘zgaradi. Ayniqsa, prezidenting nima qilayotganini yaxshi anglab turgan bo‘lsa», — deya qo‘shimcha qilgan Tramp.

Tramp 16 iyul kuni Finlandiya poytaxti Helsinki shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki soat suhbatlashgan edi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Putin va Tramp ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishidan manfaatdor ekanliklarini bayon etishgandi.

Iyun oyida Singapurda tarixda ilk bor AQSH-KXDR sammiti tashkillashtirilgan va unda Donald Tramp hamda Kim Chen In uchrashgandi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha Amerika yetakchisi KXDR bilan «batafsil» hujjat imzolagani va Koreya yarimoroli «juda tez» yadroviy quroldan xoli bo‘lishini ta’kidlagan. O‘z navbatida, Kim Chen In yakuniy hujjat imzolanishini ikki davlat munosabatlaridagi «yangi start» ekanligini ta’kidlab, kelgusida «katta o‘zgarishlar»ni va’da qilgan edi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!