Tramp Baydenning inaugurasiyasida ishtirok etmasligini ma’lum qildi

Tramp Baydenning inaugurasiyasida ishtirok etmasligini ma’lum qildi

Prezident Donald Tramp 8 yanvar kuni saylangan prezident Jo Baydenning inaugurasiyasida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

«Barcha so‘raganlarga, men 20 yanvar kuni inaugurasiyaga bormayman», deb yozdi prezident "Twitter"da.

Tramp bu haqda Kongress Baydenni 2020 yilgi saylovlarda g‘olib deb tan olganidan bir kun keyin e’lon qildi. Prezident poygada o‘z mag‘lubiyatini tan olmadi, ammo hokimiyatni o‘tkazish tinch yo‘l bilan o‘tishini aytdi.

Kapitoliy binosiga bostirib kirgan namoyishchilar tomonidan qo‘shma yig‘ilish to‘xtatilgandan keyin, Kongress Baydenni payshanba erta tongdan g‘olib deb e’lon qildi. Bir necha soatdan so‘ng qo‘shma yig‘ilish qayta boshlandi.

Bayden uchun saylovchilar ro‘yxatini sanashga qarshi bo‘lgan bir necha senatorlar yig‘ilish qayta boshlangandan so‘ng, o‘z imzolarini qaytarib olishdi. Yettita e’tirozdan faqat ikkitasi ko‘rib chiqildi va ular rad etildi.

Twitter uning profilini blokdan chiqarganidan ko‘p o‘tmay, Tramp unga ovoz bergan tarafdorlariga xabar yuborib, kelajakda ularning «ulkan ovoz» bo‘lishini aytdi.

“Menga ovoz bergan 75 million buyuk amerikalik vatanparvarlar, AMERICA FIRST, i MAKE AMERICA GREAT AGAIN (BIRINCHI AMERIKA va AMERIKANI BUYUKLIGINI QAYTA TIKLAB), hali uzoq vaqt davomida GIGANT OVOZGA ega bo‘ladi. Ularga hech qanday hurmatsizlik yoki nohaq munosabat ko‘rsatilmaydi !!! «- deb yozdi Tramp.

Baydenning jamoasi ushbu sharhga munosabat bildirmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!