Tramp AQSh xalqi bilan qachon "vidolashishi" ma’lum bo‘ldi

Tramp AQSh xalqi bilan qachon "vidolashishi" ma’lum bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp saylangan prezident Jo Baydenning inaugurasiyasi kuni o‘z vidolashuv marosimini o‘tkazadi.

Tadbir Merilenddagi harbiy aerodromda 20 yanvar kuni erta tongda Baydenning inaugurasiyasidan bir necha soat oldin bo‘lib o‘tadi. The Guardian nashrining yozishicha, Tramp prezident sifatida so‘nggi marosimini harbiy parad va ma’muriyatining amaldagi va sobiq a’zolari tarafdorlari bilan o‘tkazmoqchi.

Marosim ertalab soat 8:00 da bo‘lib o‘tadi. Taklifnomalarda mehmonlardan o‘qotar qurol, o‘q-dorilar yoki portlovchi moddalar, shuningdek lazer ko‘rsatgichlari va o‘yinchoq to‘pponchalarini olib kelmaslik so‘raldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!