Toshkentlik ona nega deyarli uch oylik chaqalog‘ining o‘limida shifokorlarni ayblamoqda?

Toshkentlik ona nega deyarli uch oylik chaqalog‘ining o‘limida shifokorlarni ayblamoqda?

Toshkent shahri Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi E.X. vafot etgan ikki yarim yoshli o‘g‘lining o‘limida mahalliy oilaviy poliklinika shifokorlarini aybdor deb hisoblamoqda. Va ayni mana shu fikrida sodiq qolib u O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qilgan.

Oilaviy poliklinika shifokori E.X.ga farzandi bilan birgalikda oilaviy poliklinikaga kelishi hamda chaqaloqni emlatishi kerakligini aytgan.

Fuqaro E.X. esa o‘z navbatida farzandini hududiy oilaviy poliklinikaga olib borgan hamda u shifokorlarga bolasida gipoksiya (kislorod yetishmasligi) kasalligi borligi, shu bois faqat poliomiyelitga qarshi emlatishga roziligini bildirgan.

Bu voqea haqida eng birinchilardan bo‘lib xabar bergan «Darakchi» nashriga ko‘ra, shifokor esa pnevmokokka qarshi emlatish ham shartligi, bu hech qanday salbiy reaksiya bermasligini aytgan. Biroq emlashdan keyin bolaning harorati ko‘tarilib, bosh qismi ko‘karib ketgan.

«7news.uz»ning bu voqeadan xabardor bo‘lgan ishonchli manbasining aytshicha, 3-shahar bolalar shifoxonasi xodimlari ham chaqaloq miyasidagi shishni zudlik bilan bartaraf etmay, bir necha kunni o‘tkazib yuborishgan. Oqibatda hayot uchun bir necha kun kurashgan chaqaloq vafot etgan.

E.X.ga ko‘ra u Bosh Prokuraturaga murojaat qilib, o‘z farzandining o‘limida kasbiga mas’uliyat bilan yondoshagan shifokorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi hamda qolgan chaqaloqlarning taqdiri ham shunaqa ayanchli tugamasligi uchun buning oldini olinishi keraligini qo‘shimcha qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!