Toshkentdagi Crafers fabrikasi shirinliklari eksport qilina boshladi

Toshkentdagi Crafers fabrikasi shirinliklari eksport qilina boshladi

Toshkent shahridagi Crafers fabrikasi joriy yilning 11 dekabrida birinchi eksportini amalga oshirdi. «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» yorliqlari ostidagi shirinliklarning dastlabki xaridori qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu haqida Toshkent shahar prokuraturasi va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari uchun tashkil etilgan media-turda ma’lum qilindi. Jurnalistlar tadbirda fabrika faoliyati, u yerda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, qulaylik va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Shokolad, konfet, pechenye, vafli kabi 42 turdagi mahsulot tayyorlanayotgan korxona joriy yil 5 oktyabrda ishga tushirilgan. 32 gektar maydonga ega korxonaga Germaniya, Shveysariya, Daniya, Italiya, Avstriya va Gollandiyadan texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Korxona yiliga 50 ming tonnaga yaqin qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ayni paytda bu yerda mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda.

– Joriy yilning oxiriga qadar 100 tonna mahsulot eksport qilishni rejalashtirganmiz, – deydi korxona rahbari Aziz Amilov. – Bugun guvohi bo‘lganingizdek, Qirg‘izistonga 14 tonna dastlabki eksportimizni amalga oshirdik. Keyingi yildan boshlab Qirg‘izistondan tashqari Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlariga eksport qilishni yo‘lga qo‘yamiz. Lekin eng asosiy maqsadimiz, avvalo, sifatli mahsulotlarimiz bilan ichki bozorni ta’minlash, jonajon xalqimiz e’tiboriga jahon talablariga mos shirinliklar yetkazib, ularning roziligini olishdir.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!