Toshkentda ertadan bepul dori-darmon qutichalari tarqatiladi

Toshkentda ertadan bepul dori-darmon qutichalari tarqatiladi

Bu haqda Xalqaro press-klub sessiyasida SSV huzuridagi Muvofiqlashtirish kengashi raisi Habibullo Oqilov ma’lum qildi. U O‘zA muxbirining “Gidroksixloroxin” dori preparati haqidagi savoliga javob berar ekan, jumladan shunday dedi:

– Siz aytayotgan “Gidroksixloroxin” dori preparatini stasionar sharoitda davolanayotgan bemorlarda foydalanyapmiz – dedi H.Oqilov. - Ammo uy sharoitida davolanayotgan simptomsiz bemorlar protokolidan olib tashlandi. To‘g‘ri, uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga bepul yetkazib berilayotgan dori-darmonlar qutichasida “Gidroksixloroxin” dori preparati bor edi. Endilikda uning o‘rniga “Avigan” qo‘shildi va 5 ming dona dori-darmon qutichasi tayyorlandi. Ular ertadan boshlab Toshkent shahri aholisi uchun tarqatila boshlaydi. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!