Toshkentda buxorolik erkakka ishongan ayol uyidan ayrildi

Toshkentda buxorolik erkakka ishongan ayol uyidan ayrildi

Toshkent shahri. 2019 yil 23 noyabr kuni 33 yoshli Buxoro viloyatida yashovchi Raxmatjon R., Mirzo Ulug‘bek tumani X.Olimjon ko‘chasida joylashgan 45 yoshli Muxiba A., ga tegishli xonadonni  60.000 AQSh dollarga sotib olishni va’da qilib, notarial idora orqali ushbu xonadonni o‘zining nomiga rasmiylashtirib olib, bergan va’dasini bajarmagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davomida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!