Toshkentda bir guruh fuqarolar janjallashdi

Toshkentda bir guruh fuqarolar janjallashdi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Qayd etilishicha, 20 iyun tungi soat 00.30 larda Mirzo Ulug‘bek tumanida 1998 yilda tug‘ilgan SH.B., 2001 yilda tug‘ilgan A.K., 1991 yilda tug‘ilgan O‘.Z., 2002 yilda tug‘ilgan F.A. o‘zining tanishi 1992 yilda tug‘ilgan J.R. bilan o‘zaro janjallashib ketishgan va J.R.ni qo‘l bilan urib tan jarohati yetkazishgan.

Jabrlanuvchi bosh miya chayqalishi, bosh miya yumshoq to‘qimalari lat yeyishi jarohati bilan xususiy tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Holatni yashirish maqsadida J.R. tibbiyot xodimlariga o‘zi yiqilib tushganini bildirib, IIOga murojaat qilmagan.

Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar SH.B. va A.K. prosessual tartibda ushlangan. Qolgan gumonlanuvchilarni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Sh.B.ning yonida aniqlangan to‘pponcha ko‘rinishidagi olov yondirgich ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!