Toshkentda 5-qavatdan tushib ketgan bolaning ota-onasi qayerda edi?

Toshkentda 5-qavatdan tushib ketgan bolaning ota-onasi qayerda edi?

Xabaringiz bor kecha, 14 yanvar kuni 4 yoshli bolaning 5-qavatda osilib qolgani va so‘ng u pastga qulagani bilan bog‘liq videolavha internet olamini "portlatdi".

Hodisa sodir bo‘lgandan so‘ng tarmoqlarda asosan "bolaning ota-onasi qayerda edi?", "bolani ham o‘zini tashlab ketadimi?" va shunga o‘xshash savollar ko‘p berildi. Holatni o‘rganish maqsadida "Daryo" muxbirlari voqea joyiga borib, guvohlar va bolaning ota-onasi bilan suhbatlashdi. Bola qanday qutqarib qolingani barchaga videodan ayon bo‘ldi. Lekin bizni boshqa savol, uning ota-onasi bilan bog‘liq savollar qiziqtiradi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolaning onasi o‘sha payt birinchi sinfda o‘qiydigan qizini olib kelish uchun maktabga ketgan bo‘lgan. Bolaning mazasi yo‘qligi uchun u uhlab yotgan. Uni bezovda qilmaslik uchun ona darhol borib kelaman, deb o‘ylagan. Lekin ona ketgandan so‘ng bola uyg‘ongan va panjarali derazaga osilib qolgan. Uning qanday qilib u yerga borib qolganini hech kim bilmaydi. Ota esa tabiiyki bu payt ishda bo‘lgan.

Muhimi voqea yaxshilik bilan tugadi. Bolaning faqatgina qo‘li shilingan. Bola hozir uyda, ahvoli yaxshi, «o‘ynab yuribdi». Mavzu yopildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!