Toshkentda 47 yoshli ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda 47 yoshli ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumani IIO FMBdan tushgan xabarga ko‘ra, 2019 yilning kuz oylarida, 47 yoshli Zuxro M. "Chinni" bozor xududidan do‘kon sotib olib berishni va’da qilib, fuqaro 37 yoshli Odinaxon M. dan 17.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.

Tuman IIO FMB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi ("Firibgarlik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!