Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

⚡️Joriy yilning 20 oktyabr kuni soat 11:30 larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, "Shahrobod-Zafar Diyor" ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan YU.Z. boshqaruvidagi "Cobalt" hamda haydovchi, 1964 yilda tug‘ilgan SH.S. boshqaruvidagi "Lacetti" va haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvida bo‘lgan "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida tuqnashuv sodir bo‘lgan.

🔹Natijada, haydovchi J.J. boshqaruvida bo‘lgan avtomobil yo‘lovchisi, 1988 yilda tug‘ilgan M.B. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

❗️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!