Toshkentda 23 yoshli yigit 8 metr balandlikdan yiqilib tushdi

Toshkentda 23 yoshli yigit 8 metr balandlikdan yiqilib tushdi

Toshkent shahrida 23 yoshli yigit 8 metr balandlikdan yiqilib tushdi. Bu haqda “Daryo.uz” xabar berdi.

Unga ko‘ra, bemor oshpazlik bilan shug‘ullanadi. Voqea poytaxtdagi u ishlaydigan korxonada sodir bo‘lgan. Shifoxonaga hamkasblari yordamida tez tibbiy yordam mashinasida olib kelingan.

“Ishxonasida balandlikdan ehtiyotsizlik natijasida tushib ketganini aytdi. Bemorga bel nuqtalarining ezilish, sinish tashxisi qo‘yildi”, — deydi shifokor.

Ma’lum bo‘lishicha, u endi 2 oy davomida to‘shakda yotgan holatida davo muolajalari oladi va unga 2 yil mobaynida jismoniy harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!