Toshkentda 20dan ortiq bemor koronavirusdan tuzaldi

Toshkentda 20dan ortiq bemor koronavirusdan tuzaldi

Ayni soatlarda Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar sog‘ayib,  reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 13 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 72, kichigi esa 10 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 9 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Samarqand viloyatidan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridan 1 nafardan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar sog‘ayganlar soni 1374 nafar tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ular 1395 nafarga yetib, davlanayotganlar soni 563 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, bugun 21 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 3268 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, bugun koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etib, jami o‘lim holatlari 17 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 4064 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizning yetti xududidagi  tibbiyot muassasalarida jami 779 nafar bemor davolanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!