Toshkent viloyatida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyatida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda Toshkent viloyati bo‘yicha “Toza havo” oyligi o‘tkazilmoqda. Bundan maqsad O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosini ta’minlash, havoning sof holatda bo‘lishiga hissa qo‘shishdir.

Viloyat Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining atmosfera havosini muhofaza qilish shu’basi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil “Toza-havo” oyligining birinchi bosqichida shahar va tumanlarda jami 15 mingta avtotransport vositasi tekshiruvdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Oxirgi 13 kun ichida hududlarda uch mingdan ziyod maxsus reyd tashkil etilib, qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Xususan, harakatdagi postlarda avtotransport vositalarining toksiklik darajasi va tutun miqdorini o‘lchash ishlari viloyat boshqarmasining balansida mavjud bo‘lgan gazoanalizator va dimomer asboblari yordamida amalga oshirilmoqda. Tadbir davomida asosiy e’tibor yirik avtomobil yo‘llaridagi ekologik nazorat tekshiruvlariga qaratilgan.

Ayniqsa, “Toshkent – Olmaliq”, “Toshkent – Bekobod”, “Toshkent – Bo‘stonliq” yo‘llarida harakatdagi postlar tashkil etilmoqda. Ularda belgilangan rejaga asosan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘z navbatida aniqlangan ekologik nosoz avtotransport vositalarini joyida sozlash va ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Talabga javob bermaydigan avtotransport vositalari haydovchilariga viloyat YHX xodimlari tomonidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Masalan, joylarda talabga javob bermaydigan 65 nafar avtotransport vositasi egasiga inspektorlar tomonidan tushuntirishlar o‘tkazilib, ogohlantirish berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!